O‘zbekiston chetdan apelsin import qilishni ko‘paytirdi
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonga xorijdan qiymati 2,1 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 3,3 ming tonna apelsin import qilingan.
Apelsin importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,4 ming tonnaga oshgan.
2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston eng ko‘p apelsin import qilgan davlatlar:
- Eron – 1,4 ming tonna;
- Turkiya – 1,1 ming tonna;
- Misr – 684,4 tonna;
- Qozog‘iston – 82 tonna;
- JAR – 56 tonna;
- Rossiya – 7,6 tonna.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter