O‘zbekiston qahramoni Lola Murotova qattiq betob bo‘lib qoldi
O‘zbekiston Qahramoni, Oltiariq tumanidagi «Nurli obod» fermer xo‘jaligi rahbari Lola Murotova qattiq betob bo‘lib qoldi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov yozdi.
«Prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga ko‘ra, Bosh vazir o‘rinbosari Sh.G‘aniyev, sog‘liqni saqlash vaziri B.Musayev, Prezident maslahatchisi o‘rinbosari A.Jurabayev va men viloyat shoshilinch tibbiy yordam markazida davolanayotgan Lola opa holidan xabar oldik, davlatimiz rahbarining salomi va tezda shifo topish tilagini yetkazdik.
Ayni paytda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori D.To‘laganov, Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari X.Fozilov, F.To‘rayev, M. Irismetov, tibbiyot fanlari doktori O.Ahmedov va boshqa qator tibbiyot muassasalari direktorlaridan iborat konsilium boshchiligida tajribali shifokorlar tomonidan kerakli muolajalar olib borilmoqda», deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter