O‘zbekiston Qahramoni Jonsaid Turdiyev vafot etdi
Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan O‘zbekiston Qahramoni Jonsaid Turdiyev 69 yoshida vafot etdi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Jonsaid Turdiyev butun umri davomida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida faoliyat yuritgan, uning jadal rivojiga sezilarli hissa qo‘shgan, tog‘-kon sanoati sohasida ko‘plab mahoratli yoshlarni tarbiyalashda bevosita qatnashgan.
U jamoatchilik ishlarida ham g‘oyatda faol edi. Har doim elning qutlug‘ to‘ylarida kayvonilik qilar, yoshlarning sevimli ustozi va talabchan murabbiysi edi. Uning sermazmun hayot yo‘li xalqimiz, birinchi navbatda, yoshlar uchun yo‘lchi yulduz, katta ibrat maktabidir.
Zoyir Mirzayev, Abdulla Xursanov, Abdusamat Nosirov, Mahmud Toirov, Sayyora Fayziyeva, Qobil Hamdamovlar marhumning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter