O‘zbekiston prokuratura organlari tizimida ayrim lavozim va boshqarmalar tugatildi

Tadbirkorlik faoliyatini himoya qilish tizimini tubdan takomillashtirish va prokuratura organlari faoliyatini optimallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanalida xabar berildi.
Farmonga ko‘ra, O‘zbekiston prokuratura organlari tizimida quyidagilar tugatildi:
-Bosh prokuror o‘rinbosari lavozimlarining ikkita shtat birligi;
-Bosh prokuraturaning Tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi;
-Bosh prokuraturaning Prezident qarorlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari;
- Bosh prokuraturaning Soliq va bojxona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari;
-soliq va bojxona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilishga mas’ul Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosarlari, tumanlar (shaharlar) prokurorlarining o‘rinbosarlari va yordamchilari lavozimlari;
-tumanlar (shaharlar) prokurorlarining tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga mas’ul o‘rinbosarlari hamda katta yordamchilari lavozimlari;
-Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tadbirkorlikni himoya qilish va tashqi iqtisodiy faoliyatdagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter