Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi boshlandi

O‘zbekiston prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi boshlandi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning taklifiga binoan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga rasmiy tashrif bilan Budapesht shahriga yetib bordi.

Samolyot oldida O‘zbekiston yetakchisini Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Ferens List nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmon sharafiga ikki mamlakat davlat bayroqlari ko‘tarilib, faxriy qorovul saf tortdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, 20-may kuni oliy darajadagi O‘zbekiston-Vengriya muzokaralari bo‘lib o‘tadi.

Davlatimiz rahbari Vengriyaning rasmiylari va yetakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazadi.

O‘zbekiston prezidenti 21-may kuni Vengriya poytaxtida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring