O‘zbekiston prezidenti yangi qonunni imzoladi

«Muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish to‘g‘risida»gi qonun (O‘RQ–820, 27.02.2023-y.) O‘zbekiston prezidenti tomonidan imzolandi.
Qonunga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi akkreditatsiya sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi.
O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi akkreditatsiya sohasidagi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Milliy akkreditatsiya tizimi muvofiqlikni baholash organlarini akkreditatsiya qilish qoidalarini va tartib-taomilini belgilaydigan normativ-huquqiy hujjatlarga, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga muvofiq davlat miqyosida faoliyat ko‘rsatuvchi tizimdir.
Milliy akkreditatsiya tizimi ishtirokchilari quyidagilardan iborat:
- maxsus vakolatli davlat organi;
- akkreditatsiya bo‘yicha kengash;
- akkreditatsiya organi;
- akkreditatsiya qilingan sub’yektlar;
- akkreditatsiya bo‘yicha baholovchilar va texnik ekspertlar;
- akkreditatsiya bo‘yicha texnik qo‘mitalar.
Akkreditatsiya, agar akkreditatsiyaning amal qilishi tugatilmagan bo‘lsa, guvohnomada ko‘rsatilgan muddat davomida amal qiladi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter