O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 17-sentyabr kuni tongda ikkinchi «Markaziy Osiyo – Germaniya» sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo‘nab ketdi.
Tadbirda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi, mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.
Shuningdek, yetakchilar Germaniyaning yirik kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazadilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter