O‘zbekiston poytaxtida yangi yil qanday kutib olindi?

Bu yil bayram archalari Toshkentning 12 ta maydonida o‘rnatildi. Bayram ishtirokchilari, mehmonlar, ayniqsa bolajonlar, shuningdek transport harakati xavfsizligiga ustuvor o‘rin bergan holda, bu bayramning «Bosh archa»si va bosh sahna Labzak va Qodiriy ko‘chalarida joylashgan «Navro‘z» bog‘ida bunyod etildi.
Bundan tashqari, archalar odatdagidek «Mustaqillik va ezgulik» maydoni, al-Xorazmiy dahasidagi «Roison Elektronics» korxonasi oldi maydoni, Shayxontohur tumanidagi «Xadra» maydoni, «Lokomotiv-Anxor» istirohat bog‘i, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Lokomotiv» istirohat bog‘i, «Eko bog‘» old maydoni, Olmazor tumanida joylashgan Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘i, Yashnobod tumanidagi «Do‘stlik» va «Ashxobod» istirohat bog‘lari, Sergeli tumanidagi «Greenpark» bog‘i hamda Bektemir tumanidagi «Quyoshcha nuri» bog‘i hududlarida o‘rnatildi.
Muxbirimiz 2017 yilning 31 dekabr kuni Labzakdagi «Anhor-Lokomotiv» istirohat bog‘ida bo‘lib, poytaxtliklar va mehmonlarning 2018 yilni qanday qarshilashayotganini suratlarga muhrlashga harakat qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter