Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Ozarbayjon orqali Isroilga bug‘doy eksport qiladi

O‘zbekiston Ozarbayjon orqali Isroilga bug‘doy eksport qiladi

Isroil Ozarbayjon va O‘zbekiston bilan bug‘doy yetkazib berish bo‘yicha o‘ziga xos mintaqaviy ittifoq tuzish uchun g‘alla shartnomasini imzoladi. Bu haqda Report axborot nashri xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kelishuv global oziq-ovqat inqirozi va Ukrainada davom etayotgan urush fonida Isroilning bug‘doyga bo‘lgan barcha ehtiyojlarini kafolatlaydi. Kelishuv «uzoq muddatli» bo‘lib, Isroilning bug‘doy manbalarini diversifikatsiya qilish istagi tufayli ishlab chiqilgan.

Isroil aholisi iste’mol qiladigan bug‘doyining 90 foizdan ortig‘i xorijdan import qilinadi. Ukrainadagi urush va undan oldin sodir bo‘lgan COVID pandemiyasining iqtisodiy oqibatlari mamlakatga tovar importini ancha qiyinlashtirgan, bu esa narxlarning keskin oshishiga olib kelgan.

Kelishuvning ikkinchi va uchinchi tomon uchun manfaatli qismi o‘laroq, Ozarbayjon va O‘zbekiston bug‘doy evaziga Isroildan qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilg‘or texnologiyalarni qabul qilib oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring