O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi bor Urugvay termasi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Avval xabar berilganidek, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 23-mart kuni Senegal, 27-mart kuni esa Marokash terma jamoalariga qarshi safarda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
Bundan tashqari, 15-may kuni Eron milliy terma jamoasiga qarshi uchrashuv o‘tkaziladi. Mazkur terma jamoalar JCh-2018 ishtirokchilari bo‘lib, mundial oldidan ular O‘zbekiston MTJ bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishga rozilik berishgan.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi milliy terma jamoa uchun o‘rtoqlik o‘yinlariga kuchli raqiblar topish bo‘yicha chora-tadbirlarni davom ettirmoqda, deb xabar beradi O‘FA matbuot xizmati.
Muzokaralar natijasida O‘zbekiston MTJ uchun yana bir kuchli sparring raqib topildi. Shu yilning 7-iyun kuni JCh-2018 ning yana bir ishtirokchisi Urugvay terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Urugvay poytaxti Montevideo shahrida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, Urugvay terma jamoasi JCh-2018da «A» guruhida Rossiya, Saudiya Arabistoni va Misr bilan guruhdan chiqish uchun kurash olib boradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter