Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston OTJ bugun yarim final uchrashuvini o‘tkazadi

O‘zbekiston OTJ bugun yarim final uchrashuvini o‘tkazadi

Bugun, 29 aprel kuni O‘zbekiston OTJ Osiyo kubogining yarim final uchrashuvida Indoneziyaga qarshi bahs olib boradi.

Qatarda bo‘lib o‘tayotgan ushbu musbaqada Timur Kapadze shogirdlari o‘ta muhim o‘yinni o‘tkazishadi. G‘alaba, nafaqat Osiyo kubogi finaliga, balki Parijda bo‘lib o‘tadigan yozgi olimpiya o‘yinlariga ham yo‘llanma taqdim etadi.

Bahs Toshkent vaqti bilan 19:00 da «Abdulloh Bin Xalifa» stadionida start oladi.  

Eslatib o‘tamiz, chorak final bahslarida O‘zbekiston Saudiya Arabistoni jamoasini, Indoneziya esa kutilmaganda Janubiy Koreyani musobaqadan chiqarib yubordi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring