Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Abduqodir va Hojimat finalda o‘ynamaydi

Abduqodir va Hojimat finalda o‘ynamaydi

Legionerlarimiz Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov o‘z klublari ixtiyoriga jo‘nab ketmoqda.

Qayd etilishicha, O‘FA Qatar maydonlarida o‘tayotgan U-23 Osiyo kubogida barcha legionerlarimizni terma jamoamizga jalb etishga muvaffaq bo‘lgan edi. Xususan, Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinovning klublari bilan asosiy vazifaga qadar — Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritish bo‘yicha kelishuvga erishilgandi. Shu sababli, ushbu ikki futbolchi o‘z jamoalari tarkibidagi navbatdagi muhim o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun klublari safiga yo‘l olmoqda.

Eslatib o‘tamiz, U-23 Osiyo kubogi finalida O‘zbekiston 3 may kuni Yaponiyaga qarshi bahs olib boradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring