O‘zbekiston Osiyo o‘yinlaridagi ilk natijalari e’lon qilindi
O‘zbekiston Osiyo o‘yinlaridagi ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Diyora Keldiyorova (-52 kg) dzyudo bo‘yicha o‘tkazilgan finalda BAA vakilasi Bishrelt Xolrudini Golden Score’da mag‘lubiyatga uchratdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Bu O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun mazkur Osiyo o‘yinlaridagi ilk oltin medal bo‘ldi.
Shuningdek, shpagachi qizimiz Dilnaz Murtazayeva Osiyo o‘yinlarida shohsupaga ko‘tarilgan birinchi o‘zbekistonlik qilichbozga aylandi. 17 yoshli sportchimiz hozirgina yakunlangan yarim final jangida janubiy koreyalik Injeong Choiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medali bilan kifoyalandi.
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik sportchilar qilichbozlik dasturida shu paytgacha biror marotaba shohsupaga ko‘tarilmagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter