O‘zbekiston ODIN reytingida jahonda 12-o‘ringa ko‘tarildi

O‘zbekiston ochiq ma’lumotlar bo‘yicha xalqaro Open Data Inventory (ODIN) reytingida 2024-yil natijalariga ko‘ra, 198 ta mamlakat orasida 83 ball bilan 12-o‘ringa ko‘tarildi hamda Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni saqlab qoldi.
Ma’lumot uchun: Open Data Inventory (ODIN) — ochiq ma’lumotlar siyosatini ilgari surish, rasmiy statistika kamchiliklarini aniqlash, milliy statistika organlari bilan ma’lumotlardan foydalanuvchilar o‘rtasida muloqotni yaxshilash va ochiqlikni baholaydi.
Mazkur reytingda O‘zbekiston 2023-yil yakuniga nisbatan (195 ta mamlakat orasida 70 ball bilan dunyoda 30-o‘rinni egallagan) 18 ta pog‘onaga ko‘tarilgan.
Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan «Statistika» integrallashgan axborot tizimi (SIAT) portali ishga tushirildi.
Bugungi kunda SIAT axborot tizimida jami 2 900 dan ortiq rasmiy statistik ko‘rsatkichlar 3 ta tilda foydalanuvchilarga qulay va bepul shaklda yuklab olish uchun 5 xil formatda metama’lumotlar bilan e’lon qilib borilmoqda.
Mazkur portalning ishga tushirilishi va uning imkoniyatlari Open Data Watch tashkiloti ekspertlari tomonidan ijobiy baholangan hamda Open Data Inventory reytingida O‘zbekistonning ijobiy natija qayd etishiga muhim omil bo‘lgan, deyiladi Milliy statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter