Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalari bilan qamrab olish bo‘yicha yetakchilik qilyapti

O‘zbekiston bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalari bilan qamrab olish bo‘yicha yetakchilik qilyapti

Finance Inquirer nashri RGCA xalqaro tadqiqoti natijalari va UNICEF, Jahon banki va OECD ma’lumotlariga tayanib, bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga jalb qilish bo‘yicha eng yaxshi dinamikaga ega bo‘lgan dunyodagi eng peshqadam 10 ta davlatni e’lon qildi. O‘zbekiston jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi. 

Hisobot 2018-yildan 2020-yilgacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan maktabgacha ta’limning uzoq muddatli tendensiyalarining umumiy ko‘rinishini o‘z ichiga oladi.

Maqolada keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, aksariyat hududlarda maktabgacha ta’lim bilan bog‘liq vaziyat to‘xtab qolgan yoki salbiy o‘sish zonasiga o‘tgan, bir qator mamlakatlarda esa ta’sirchan o‘sish kuzatilmoqda. Eng yorqin misol O‘zbekiston bo‘lib, u yerda 3 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishning o‘sish dinamikasi ko‘rib chiqilayotgan davrda 59 foizni tashkil etdi.

«Aytishim mumkinki, tadqiqotda keltirilgan raqamlar tasodifiy emas: mamlakat rahbariyati tomonidan 2017-yildan buyon maktabgacha ta’limni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor, hatto pandemiya davrining barcha uchun og‘ir bosqichini hisobga olgan holda ham, sezilarli natijalarga olib keldi. Ishonchim komilki, biz yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolamiz va yaqin kelajakda nafaqat o‘sish dinamikasi, balki mutlaq ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham dunyoning yetakchi davlatlari darajasiga chiqamiz», – deydi voqeani sharhlar ekan, O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring