O‘zbekistonlik murabbiy «Formula-1»da qatnashadi
O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkilotining avtomotosport bo‘yicha murabbiyi va milliy toifadagi hakami Mubashirxon Jo‘rayev «Formula-1» jahon chempionatiga sport hakami sifatida taklif etildi.
Musobaqa joriy yilning 9-13-iyun kunlari Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida o‘tkaziladi.
Nufuzli musobaqada germaniyalik Sebastyan Fettel, angliyalik Lyuis Xemilton, niderlandiyalik Maks Ferstappen kabi bir qator dunyoga taniqli poygachilar o‘zaro bellashishi kutilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter