Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Jibuti bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

O‘zbekiston Jibuti bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

O‘zbekiston va Jibuti o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi. Sharqiy Afrikada joylashgan Jibuti O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 149-davlat bo‘ldi.

Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi ma’lum qildi.

Xabarda aytilishicha, kecha, 2-may kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan tadbirda hujjatni ikki davlat hukumatlari nomidan O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Jibutining BMTdagi doimiy vakili Mohamed Dualeh imzolagan.

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

Shuningdek, xabarda «ikki tomonlama hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini topish uchun hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishilgani» aytiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilning 14-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi va Gambiya o‘rtasida ham  diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risidagi Qo‘shma kommyunike imzolangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring