Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Turkiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatdi

Turkiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatdi

Turkiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni to‘xtatdi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma’lum qilgan.

«Biz Turkiya Respublikasi davlati va hukumati sifatida Isroil bilan aloqalarimizni uzdik», - dedi u.

Erdo‘g‘on Anqara kelajakda hamkorlikni rivojlantirish uchun hech qanday qadam tashlamayapti, deya qo‘shimcha qilgan.

2023-yil oktyabr oyida G‘azo sektorida SAXAL operatsiyasi boshlanganidan beri Turkiya Tel-Avivning harakatlarini qoralab, uni Falastin tinch aholini qirg‘in qilishda ayblab keladi. Mamlakat bir necha bor o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan, shuningdek, yahudiy davlatiga bosim o‘tkazgan.

Xususan, may oyi boshida Turkiya Savdo vazirligi Isroil bilan savdo-sotiqni to‘liq to‘xtatganini ma’lum qilgan edi. Bungacha Anqara 54 ta kichik guruh tovarlari eksportini cheklagandi.

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ham shaxsan bir necha bor tanqid qilingan. Erdo‘g‘an Netanyaxuni «zamonaviy fyurer» deb ham atagan va G‘arb uning jinoyatlariga e’tibor bermayotganini ta’kidlagan edi.

Ma’lumot uchun, G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mojaro boshlanganidan buyon 43,5 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan, 102 mingdan ziyodi yaralangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring