O‘zbekiston ikki oyda 528,5 ming tonna sement import qildi
2021-yilning yanvar-fevral oylarida xorijdan O‘zbekistonga 528,5 ming tonna sement import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 354,9 ming tonnaga ko‘p.
2021-yilning ikki oyida import qilingan sement hajmi 2020 yilda import qilingan sementning 1/5 qismiga teng.
O‘zbekiston sement import qilgan asosiy davlatlar:
- Qozog‘iston – 226,7 ming tonna
- Qirg‘iz R. – 159,5 ming tonna
- Tojikiston – 134,3 ming tonna
O‘z o‘rnida 2021-yilning yanvar-fevral holatiga O‘zbekistonda 1,3 mln. tonna sement ishlab chiqarilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter