O‘zbekiston huquqshunoslarni tayyorlashda Xitoy tajribasini o‘rganyapti
O‘zbekiston yurisprudensiya mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash borasida Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Xitoy kabi davlatlarning tajribalari o‘rganilyapti.
Bu haqda O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi tashabbuskorligida Chunsin shahridagi Xitoy Janubiy – G‘arbiy siyosiy fanlar va huquq universitetida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida qayd etildi.
Xitoy tomoni suhbat davomida Toshkent Davlat yuridik universiteti bilan Hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolash va uning dorasida mazkur universitetlar qoshida Xitoy va O‘zbekiston huquqini o‘rganish markazlarini tashkil etishga tayyor ekanligini bildirdi.
Memorandumning imzolanishi kelajakda o‘zaro hamkorlikda ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, qo‘shma ta’lim va ilmiy dasturlarni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilar va xodimlar uchun malaka oshirish va amaliyot o‘tash dasturlarida ishtirok etish uchun keng imkoniyatlar yaratishi, shuningdek, talabalar almashuvini yo‘lga qo‘yish, hamkorlikda turli tanlovlar, konferensiya, seminar va davra suhbatlarini o‘tkazish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter