Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston hududidan etil spirtini tranzit qilishga ruxsat berildi

O‘zbekiston hududidan etil spirtini tranzit qilishga ruxsat berildi

Foto: «Xabar.uz»

Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-avgustdagi qarori bilan «O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga etil spirtini olib kelishni va uning tranzitini taqiqlash to‘g‘risida»gi qarorga o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar bermoqda.

O‘zgartirishga muvofiq, endilikda O‘zbekiston hududidan etil spirtini tranzit qilish mumkin. Buning uchun Vazirlar Mahkamasidan ruxsatnoma olish talab etilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, 1998-yil 15-maydan O‘zbekiston bojxona hududiga etil spirtini transportning barcha turlari bilan olib kelish taqiqlanib, tranzit qilish uchun Vazirlar Mahkamasidan ruxsatnoma olish tartibi joriy etilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring