Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston hududida zilzila qayd etildi

O‘zbekiston hududida zilzila qayd etildi

O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 2 avgust kuni soat 10:39 da (02.08.2024 yil, Grinvich bo‘yicha 05:39 da) zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.

Epitsentr: Buxoro viloyati, G‘ijduvon tumani. Zilzila koordinatalari: 40,42 gradus shimoliy kenglik; 65,19 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,4. Chuqurlik 10 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 351 km janubiy-g‘arbda.

O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:

  • Navbahor tumanida 2-3 ball, 28 km.
  • G‘ijduvon tumanida 2 ball, 35 km.
  • Navoiy shahrida 2 ball, 39 km.
  • Karmana tumanida 2 ball, 44 km.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring