O‘zbekistonda dinozavrning fanga noma’lum turi topildi
O‘zbekistondan yangi dinozavr turi topildi.
Buyuk Britaniyaning «Royal Society Open Science» jurnalida bu haqda maqola chop etildi.
Unda aytilishicha O‘zbekiston hududidan Yura davrining so‘nggi bosqichida yashagan ikki oyoqlab yuradigan allozavrlar oilasiga mansub fan uchun yangi bo‘lgan dinozavrning bosh suyak qoldiqlari topilgan.
«Meni eng xursand qilgan jihati maqola mualliflari qatorida ikkita o‘zbekistonlik tadqiqotchilarning borligi bo‘ldi. Yangi dinozavr alohida yangi urug‘ga mansub deb ko‘rsatilgan. Urug‘ nomi bobakalonimiz Mirzo Ulug‘bek sharafiga, tur nomi yesa O‘zbekiston sharafiga Ulughbegsaurus uzbekistanensis deb nomlangan.
O‘zbekistonda paleontologiya deyarli tegilmagan qo‘riq, hali bizdan juda ko‘plab qirilib ketgan, toshga aylangan (fossil) organizmlar qoldiqlari topilishiga ishonaman»,—deya yozadi olim Baxtiyor Sheraliyev.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter