O‘zbekistonda 4,5 magnitudali zilzila bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 11.09.2023 06:54 da (11.09.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 01:54 da) zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
Epitsentr: Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahri. Zilzila koordinatalari: 40,23 gradus shimoliy kenglik; 71,77 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,5. Chuqurlik 5 km. Zilzila epitsentri Toshkentdan 244 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududida sezilish kuchi:
Farg‘ona viloyatida 4 ball, 17 km.
Andijon viloyatida 2-3 ball, 78 km.
Namangan viloyatida 2 ball, 86 km.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter