Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Hindiston bilan hamkorlikda koronavirus vaksinasini yaratishi mumkin

O‘zbekiston Hindiston bilan hamkorlikda koronavirus vaksinasini yaratishi mumkin

27-yanvar kuni O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod Axatov Hindiston Kimyo sanoati, o‘g‘itlar va farmatsevtika davlat vaziri Mansux Mandaviya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda koronavirus pandemiyasi davrida O‘zbekiston va Hindiston tibbiyot va farmatsevtika muassasalari o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlik aloqalari e’tirof etildi.

Hindistondagi vaksina ishlab chiqarish bo‘yicha mavjud ulkan salohiyatni nazarda tutgan holda, ikki mamlakat tegishli muassasalari o‘rtasida koronavirusga qarshi vaksina ishlab chiqarish masalalari muhokama qilindi. Bu borada yetakchi hind kompaniyalari hamkorlikka tayyor ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, farmatsevtika sohasida amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar holati va istiqboldagi rejalar ham tahlil qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring