«O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyoti Pulkovoga qo‘nish vaqtida qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketdi
2 mart kuni soat Moskva vaqti bilan 21:59 da «O‘zbekiston havo yo‘llari»ning Toshkentdan Sankt-Peterburgga parvoz qilgan Boeing-767 yo‘lovchi samolyoti «Pulkovo» aeroportida qo‘nishni amalga oshirgach, uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketgan. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Samolyotga zarar yetmagan, yo‘lovchilarni evakuatsiya qilishga zarurat tug‘ilmagan.
Hodisaga ob-havo va yo‘lakning holati sabab bo‘lgan, deb tahmin qilinmoqda.
Samolyot bortida 241 nafar yo‘lovchi va 15 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan.
Rossiya Federatsiyasi tergov qo‘mitasi va Rosaviatsiya «Pulkovo» aeroportida voqea yuzasidan tergov olib bormoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter