«O‘zbekiston havo yo‘llari» ingliz futbol muxlislari uchun charter qatnovini amalga oshiradi
«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK bugun, 7-iyul kuni London — Samara — London yo‘nalishida charter qatnovini amalga oshiradi. Bu haqdagi xabar kompaniya rasmiy saytida joylashtirilgan.
Bugun bo‘lib o‘tadigan Angliya — Shvetsiya o‘yiniga Londondan 240 nafar muxlis o‘zbek samolyotida uchib keladi. Ularning Londonga qaytishi ham «O‘zbekiston havo yo‘llari»ga qarashli «Boeing 767» samolyotida amalga oshiriladi.
Bir kun oldin, 6-iyul kuni bo‘lib o‘tgan Fransiya va Urugvay o‘rtasidagi o‘yinga muxlislarni yetkazish uchun ham aviakompaniya Sochi — Qozon yo‘nalishida charter qatnovini amalga oshirgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter