O‘zbekiston g‘alaba bilan boshladi — Osiyo kubogi U20
Bugun, 1-mart kuni Osiyo kubogi U20 ga start berildi. 1-turda O‘zbekiston yoshlar jamoasi Suriyaga qarshi to‘p surdi.
«Bunyodkor»dagi o‘yinda Ravshan Haydarovning shogirdlari g‘alabani nishonlashdi —2:0.
A guruhdagi ikkinchi o‘yinda ham shu hisob qayd etildi, Indoneziya Iroqdan yengildi — 0:2.
O‘zbekiston va Iroq 1-turdan so‘ng teng ochkolar bilan yetakchilikni qo‘lga olishdi. 4-mart kuni «Bunyodkor» stadionida yetakchilar to‘qnashadi.
Osiyo kubogi. 1-tur. A guruhi. 1-mart
O‘zbekiston U20 — Suriya U20 — 2:0
Gollar: Abbosbek Fayzullayev — 37, Zakariya — 68 (avtogol)
Indoneziya U20 — Iroq U20 — 0:2
Gollar: Haydar Abdulkarim — 28, Muhammad Jamil — 90+6.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter