Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston FVV guruhi 102 soat davomida vayrona ostida qolgan erkakni qutqardi

O‘zbekiston FVV guruhi 102 soat davomida vayrona ostida qolgan erkakni qutqardi

O‘zbekiston favqulodda vaziyatlar vazirligi guruhi Turkiya janubi-sharqidagi zilzila hududida qidiruv-qutqaruv amaliyotini davom ettirmoqda. Ular Hatay viloyati Antakiya tumanida zilziladan zarar ko‘rgan bino vayronalari ostida 102 soat qolib ketgan 32 yoshli Naim Bayaslini qutqarishga muvaffaq bo‘ldilar.

O‘zbekistonlik qutqaruvchilar guruhi Jumhuriyat mahallasi Asli Ayon ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli turarjoy binosi vayronalarida qidiruv olib borgan. Maxsus kameralar va mudofaa sanoati uchun mahalliy shirkat ishlab chiqargan «devor orti eshitish moslamasi» (DAR) orqali vayrona ostidagi 32 yoshli erkakning joyi aniqlangan va uning hayoti saqlab qolingan.

Avvalroq zilzila oqibatlarini bartaraf etish maqsadida safarbar etilgan o‘zbekistonlik qutqaruvchilardan iborat birinchi guruh Hatay viloyatida ish olib borayotgani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek, qardosh o‘lkadagi tabiiy ofat o‘chog‘iga mamlakatimizdan 71 kishidan iborat qo‘shimcha qidiruv-qutqaruv va tibbiyot xodimlari guruhi yuborilgan.

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring