O‘zbekiston futzal terma jamoasining Tojikistonga qarshi asosiy tarkibi ma’lum

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bugun, 3 fevral kuni Osiyo chempionatidagi ikkinchi uchrashuvini o‘tkazadi. «B» guruhining dastlabki turda Janubiy Koreyani 13:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan vakillarimiz 2-turda Tojikiston bilan kuch sinashadi.
Mazkur uchrashuv «University of Taipei Gymnasium» sport majmuasida o‘tkaziladi. O‘zbekiston terma jamoasi Tojikistonga qarshi oq formada o‘ynaydi. Raqib bugungi o‘yinga qizil liboslarni tanladi.
Ayni paytda futzalchilarimiz chigalyozdi mashqlarini olib borishmoqda.

Yana sanoqli daqiqalardan so‘ng boshlanadigan bellashuvga terma jamoamizning asosiy tarkibi ma’lum bo‘ldi.

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter