O‘zbekiston fuqarolarining Amirliklarga kirishi taqiqlandimi?

O‘zbekistonliklarning BAAga kirishi taqiqlangani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi bunday xabarlar asossiz va feykligini aytdi.
«O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi mavjud vizasiz tartib o‘z kuchida qolmoqda. Rasmiy manbalar bunday choralar joriy etilgani haqida hech qanday ma’lumot bermagan. Faqat rasmiy va tasdiqlangan manbalarga ishonishingizni so‘rab qolamiz» — dedi TIV vakili.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter