O‘zbekiston Turkmanboshi porti orqali Yevropaga o‘g‘it yetkazib beryapti
Turkmanboshi xalqaro dengiz porti orqali O‘zbekistondan o‘g‘itlar partiyasi Yevropaga jo‘natildi. Bu haqda «Business Turkmenistan» nashri ma’lum qildi.
Mineral o‘g‘itlar 40 futlik konteynerdan iborat 24 ta vagondp Turkmanboshi portiga yetkazilib, u yerdan Kaspiy dengizi orqali «Mahmud Rahimov» kemasida Ozarbayjon Alyat portiga olib borilgan.
Alyat portida konteynerlar platformalarga ortilgan va temir yo‘l orqali Gruziyaning Batumi portiga, so‘ngra «Rasul Rza» kemasida Ruminiyaning Konstansa portiga yetkazilgan. «ADY Container» kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, «Rasul Rza» kemasidan, asosan Xitoydan Yevropaga va aksincha yuk tashish uchun foydalanib kelinadi.
Ma’lumot uchun, 2021-yilda Turkmanboshi xalqaro dengiz portining yuk aylanmasi 11,3 million tonnadan oshgan. Ularning asosiy qismi eksport yuklari – 6,58 million tonnani, import yuklari esa 1,21 million tonnani tashkil etgan.
Turkmaniston porti yiliga 300 ming yo‘lovchiga, 75 ming yuk mashinasiga xizmat ko‘rsatishi, shuningdek, 400 ming konteynerni yuklash va tushirish imkonini beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter