O‘zbekiston energetikasi kelajagini belgilab beruvchi loyihaga tamal toshi qo‘yildi
Ayni vaqtda Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida bo‘lib turibdi. Tashrifdan maqsad — quvvati 100 megavatt bo‘lgan shamol elektr stansiyasiga tamal toshini qo‘yish va sektor rahbarlari, mahalla faollari va hokim yordamchilari bilan ham uchrashishdan iborat.
Xabar qilinishicha, ushbu stansiyada 16-19 ta shamol trubinasi bo‘ladi va 2024 yilda ishga tushishi kutilmoqda. Shamol elektr stansiyasi ishga tushgach 106 mln. kub/metr tabiiy gaz tejaladi va tabiatga chiqariladigan 160 ming tonna zararli chiqindi kamayadi.
E’tiborli tomoni, yaqin 2-4 yilda shamol elektr stansiyalari soni 4 taga yetishi rejalashtirilgan. Qorao‘zak shamol elektr stansiyasi ishga tushgach, yiliga 120 ming xonadon elektr energiya bilan ta’minlanadi. Tejalgan gaz evaziga esa 35 ming xonadonga tabiiy gaz yetib boradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter