O‘zbekiston dronlari Afg‘onistonga kirgani bo‘yicha xabarlarga izoh berildi
Ayrim OAV va ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Respublikasiga tegishli uchuvchisiz boshqariladigan uchish apparatlari Afg‘oniston havo makonini buzib o‘tgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Mudofaa vazirligi mazkur xabarlar yuzasidan bayonot berdi.
«Bu kabi tarqatilayotgan xabarlar mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Harbiy-havo kuchlari tomonidan qo‘shni davlatlar havo makonini buzish holatlari bo‘lmagan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari qo‘shni davlatlar aviatsiyasi tomonidan mamlakatimiz havo makonining buzilish holatlarini qayd etmagan», deyiladi vazirlik xabarida.
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining uchuvchisiz boshqariladigan, qiruvchi va ishg‘ol aviatsiyasi qat’iy belgilangan tartibda jangovar navbatchilik o‘tamoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter