O‘zbekiston delegatsiyasi Yaponiyaga yo‘l oldi
Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan Vatanimiz delegatsiyasi Yaponiyaga jo‘nab ketdi. Delegatsiya Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kuzatib qo‘yildi.
Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi, O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi rahbari Tanzila Norboyeva, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri, delegatsiya rahbari Aziz Abduhakimov, Rustam Shoabdurahmonov boshchiligidagi MOQ rahbariyati, sport faxriylari, federatsiya mutasaddilari, sportchilarimiz va ularning yaqinlari, OAV ishtirok etishdi.
XXXII yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan O‘zbekiston delegatsiyasi maxsus ajratilgan charter reys bilan «Boeing 787 Dreamliner» havo kemasida Tokioga yo‘l oldi.
Eslatib o‘tamiz, Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlari 23 iyul – 8 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Unga delegatsiyamiz 17 sport turida 71 ta litsenziya qo‘lga kiritgan. Olimpiya o‘yinlarining tantanali ochilish marosimi 23 iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da Tokiodagi «Olimpiya» stadionida boshlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter