Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston delegatsiyasi Estoniyada

O‘zbekiston delegatsiyasi Estoniyada

Ayni paytda AKT vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos rahbarligidagi delegatsiya Elektron hukumat tizimini rivojlantirish sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish maqsadida Estoniya Respublikasining Tallin shahrida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Delegatsiya tarkibida Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori boshchiligidagi markaz mutaxassislari guruhi ham bor.

Tashrif davomida mutaxassislarimiz «Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasini amalga oshirishga oid raqamlashtirish islohotlari, O‘zbekistonda davlat sektorini raqamlashtirish jarayonlari to‘g‘risidagi ma’ruzalari bilan qatnashishi, shuningdek, interaktiv munozaralar, sohadagi yetakchi ekspertlar ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring