O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida buyuk davlat arbobi Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Aytish kerakki, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirishda aynan Birinchi Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan 2013 yil 23 maydagi «O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaror muhim ahamiyatga ega. Tadbirda universitet rektori G‘. Rahimov «Islom Karimovning sa’y-harakatlari bilan bugungi kunda O‘zbekistonning bebaho moddiy va madaniy merosi, uning davlatchilik negizlari, ma’naviy-axloqiy an’analari mustaqil davlatning yangi tarixi solnomalarini yaratishga asos, mamlakatni dunyoga tanitishga xizmat qiluvchi manba bo‘ldi. Birinchi Prezidentimiz xalqimizning yuksak muhabbatiga sazovor bo‘lgan, ulkan xalqaro nufuzga erishgan tom ma’nodagi tarixiy shaxs, buyuk davlat arbobi edi», — deya ta’kidladi.
Anjumanda so‘z olganlar Islom Karimovning serqirra faoliyati, O‘zbekiston Respublikasini mustaqil va demokratik davlatga aylantirishdagi buyuk tarixiy xizmatlari, mamlakatimizda ta’lim, fan va madaniyatni rivojlantirishda amalga oshirgan beqiyos ishlari samaralarga alohida to‘xtalib o‘tishdi.
Tadbir doirasida Islom Karimovning talabalik yillari, mehnat faoliyati haqida hikoya qiluvchi ko‘rgazma tashkil etildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter