O‘zbekiston budjet xarajatlari uchun Yaponiyadan qarz mablag‘lari oladi
Bu haqda «Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (YaXHA) ishtirokida «O‘zbekistonda shaffof va keng bozor iqtisodiyotiga o‘tishni rivojlantirish siyosatini qo‘llab-quvvatlash» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori loyihasida so‘z boradi.
YaXHA qarz mablag‘lari quyidagi moliyalashtirish shartlarida jalb etiladi:
- «O‘zbekistonda koronavirus Covid-19 pandemiyasiga qarshi shoshilinch choralar ko‘rish» loyihasi bo‘yicha – 15,0 mlrd.yapon yenasi miqdoridagi mablag‘larni 15 yil muddatga, shu jumladan 4 yillik imtiyozli davr bilan 0,01 foizda;
- «Rivojlantirish siyosatini qo‘llab-quvvatlash» loyihasi bo‘yicha – 195,0 mln. AQSh dollar miqdoridagi mablag‘ 25 yil muddatga, shu jumladan 7 yillik imtiyozli davr bilan 6 oylik LIBOR +1,1 foizda.
YaXHA qarz mablag‘lari O‘zbekistonga respublika budjeti xarajatlarini moliyalashtirish uchun ajratilishi ma’lum qilingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter