Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Bruneyni 14:0 hisobida yer tishlatdi

O‘zbekiston Bruneyni 14:0 hisobida yer tishlatdi

Foto: Tribuna.uz

Osiyo kubogi U17 saralashi doirasida bugun, 5-oktyabr kuni Toshkentdagi «Jar» stadionida o‘tgan J guruhining 1-tur o‘yinida O‘zbekiston Bruneyni 14:0 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchratdi.

O‘smirlarimiz 8-daqiqadayoq hisobni ochib, 1-taymda jami 8 ta gol urishdi. Ikkinchi taymda 6 ta gol raqib darvozasiga joylandi. Gollar seriyasi 90+ daqiqalargacha davom etdi.   

Biroq 2-turdagi raqib ancha jiddiy — Janubiy Koreya. O‘yin 7-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Osiyo kubogi U17 saralashi

Bruney — O‘zbekiston — 0:14

Hakam: Shukri Hussayn (Saudiya Arabistoni)

Gollar: Ozodbek O‘ktamov 8, Amirbek Saidov 10, Lazizbek Mirzayev 19, Lazizbek Mirzayev 23, Abdulhamid Turg‘unboyev 30, Lazizbek Mirzayev 32, Dilshod Abdullayev 42, Shodiyor Shodiboyev 44, Ollohbergan Karimov 76, Abdulhamid Turg‘unboyev 80, Quvonchbek Abrayev 82, Zirilloxon Muxtorov 82, Azizbek To‘lqinbekov 90, Abdulhamid Turg‘unboyev 90+1.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring