O‘zbekiston BMTda Global O‘rmonlarni tiklash va barqaror boshqarish tashabbusini taqdim etdi

Joriy yilning 6-may kuni Nyu-York (AQSh)da bo‘lib o‘tgan BMTning O‘rmonlar bo‘yicha 20-sessiyasida O‘zbekiston va Kongo Respublikasi birgalikda global o‘rmonlarni tiklash va barqaror boshqarish tamoyillariga mos keladigan o‘rmon maqsadlariga erishish bo‘yicha muhim tashabbusni taqdim etdi.
Tadbir «BMTning o‘rmonlarni tiklash va rivojlantirish bo‘yicha o‘n yilligi» doirasida o‘rmonlarni barqaror boshqarish tamoyillariga asoslanib tashkil etildi. Ushbu tashabbus global o‘rmon boshqaruvi va tiklash masalalariga diqqatni yanada kuchaytirishni maqsad qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter