Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tarixda ilk bor: O‘zbekiston «Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish» bo‘yicha jahonda 8-o‘rinni egalladi

Tarixda ilk bor: O‘zbekiston «Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish» bo‘yicha  jahonda 8-o‘rinni egalladi

Jahon bankining «Doing business» yillik hisobotida Adliya vazirligi va Davlat xizmatlari agentligi mas’ul bo‘lgan «Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish» ko‘rsatkichi bo‘yicha dunyoning 190ta davlatlari ichida 8-o‘rinni egallab, O‘zbekiston tarixida birinchi bor top-10 likka kirdi. Bu haqda DXM matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur reyting so‘ngi 16 yildan buyon dunyoda eng qulay biznes-muhiti yaratilgan mamlakatlar reytingi e’lon qilib bormoqda.

So‘nggi 5 yil davomida Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznesni yuritish» yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingi 2 baravardan ortiq yaxshilanib, mamlakatimiz jahonning 190 ta mamlakati orasida 2012-yildagi 166-o‘rindan 2018-yilda 76-o‘ringa ko‘tarildi.

«Biznesni yuritish» reytingi jami 10 ta indikator bo‘yicha baholanadi. Shulardan eng birinchisi bu – biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish indikatoridir.

Bilamizki, har bir tadbirkorning o‘z faoliyatini boshlashi uchun qo‘yadigan ilk qadami tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishdir.

Mustaqilligimizning dastlabki yillarida korxonalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 10 kungacha muddatda amalga oshirilib, 7 turdagi hujjatlar talab qilingan.

2017-yil 1-apreldan boshlab tadbirkorlik sub’yektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi joriy etilib, ro‘yxatdan o‘tkazish real vaqt rejimida, lekin 30 minutdan oshmagan vaqtda amalga oshirilishi belgilandi.

Natijada, 2018-yil yakuni bo‘yicha Jahon bankining e’lon qilingan reytingi bo‘yicha mamlakatimiz biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish indikatori bo‘yicha 190 ta mamlakatdan 12-o‘ringa munosib deb topildi.

Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining «Biznes yuritish» yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator qarorlari qabul qilindi.

Mazkur qarorlar bilan mamlakatimiz reytingini yaxshilash bo‘yicha «Yo‘l xaritalar» tasdiqlanib, chora-tadbirlar belgilandi.

Xususan:

- tadbirkorlik sub’yektlarining yagona reyestridagi barcha ma’lumotlari bilan Internet tarmog‘i orqali tanishib chiqish imkoniyati yaratildi;

- tadbirkorlik sub’yektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bir vaqtda onlayn hisobraqamlar ochish imkoniyati yaratildi;

- muhr va shtamplardan foydalanish talabi hamda tadbirkorlik sub’yektlarining ustav fondiga qo‘yilgan minimal talablar bekor qilindi;

- davlat ro‘yxatidan o‘tkazish eksterritorial tamoyil asosida yo‘lga qo‘yildi;

- xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarning ustav fondiga bo‘lgan minimal talablar kamaytirilib, 400 mln. so‘m etib belgilandi;

- xorijiy ishtirokchining faqat yuridik shaxs bo‘lishiga doir talab bekor qilinib, ularning ulushi 30 foizdan 15 foizga kamaytirildi.

Amalga oshirilgan mazkur sa’y-harakatlar natijasida 2019-yil yakuni bo‘yicha Jahon bankining e’lon qilingan «Biznesni yuritish» reytingining «biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish» indikatorida O‘zbekiston Respublikasi 4 pog‘onaga ko‘tarilib, 190 ta davlatlar ichida 8-o‘rinni egalladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring