O‘zbekiston besh oyda xorijga qancha bodring eksport qilgani ochiqlandi
Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023-yilning yanvar-may oylarida xorijga qiymati 4,3 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 6,3 ming tonna bodring eksport qilgan.
Bodring eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 148 tonnaga oshgan.
2023-yilning 5 oyida O‘zbekiston eng ko‘p bodring eksport qilgan davlatlar:
- Qozog‘iston – 2,6 ming tonna
- Rossiya – 1,9 ming tonna
- Qirg‘iz R. – 1,5 ming tonna
- Belarus R. – 64 tonna
- Tojikiston – 55 tonna.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter