O‘zbekiston besh oy ichida 2,2 million tonna meva-sabzavot eksport qildi
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «O‘simliklar klinikalari — qishloq xo‘jaligida zamonaviy yondashuv» mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbirda respublikaning fitosanitar holatini yaxshilash, xususan, chet mamlakatlarga meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchi korxonalarga ko‘maklashish va qulayliklar yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.
Bugungacha respublikamizda 96 ta fumkamera tashkil etilgan bo‘lib, ular sonini yaqin ikki yilda 200 taga yetkaziladi. Shuningdek, respublika bo‘yicha atigi bitta markaziy karantin laboratoriya ishlagan bo‘lsa, endilikda har bir hududda ana shunday laboratoriyalar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ayni paytda Xorazm, Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatlarida zamonaviy laboratoriyalar ish olib boryapti.
«ISUZU» avtobusi bazasida 2 ta mobil(sayyor) laboratoriya tashkil etildi. Yil oxirigacha ularning soni 10 taga yetkazish rejalashtirilgan. Bu o‘z navbatida eksportyorlar uchun ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflanishini oldini oladi. Va fitosanitar sertifikatlar dalaning o‘zida yozib berish imkoniyatini yaratadi.
2018-yildan 2019-yilning iyun oyiga qadar 200 dan ortiq turdagi meva sabzavot mahsulotlari eksporti uchun 17 ta xorijiy davlatning karantin ruxsatnomalari olindi. Masalan, hozirgi kunda birgina qovun eksporti bo‘yicha Yaponiya, Hindiston, Marokash, BAA, Malayziya, Singapur kabi davlatlar bilan kelishuvga erishilgan bo‘lsa, yana Xitoy, AQSh, Buyuk Britaniya, Vetnam, Tailand, Indoneziya, Iordaniya singari mamlakatlar karatin xizmatalaridan eksport uchun ruxsat olinishi kutilmoqda.
Umuman, 2018-yilda jami 2,1 million tonna meva-sabzavot va boshqa o‘simlik mahsulotlari eksport qilingan bo‘lsa, 2019-yilningi besh oyi mobaynida bu ko‘rsatkich 2,2 million tonnani tashkil etdi. 2017-yilda ichki va tashqi karatin bo‘yicha yetarli choralar ko‘rilmagani oqibatida 308,5 ming dollar qiymatidagi 273 tonna mahsulot qaytarilgan edi. 2018-yilda esa rasman eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlarda bunday holat kuzatilmadi.
Shuningdek, o‘simliklarga agrotexnik, biologik va kimyoviy ishlov berish va xizmat ko‘rsatish, o‘simliklar zararkunandalari va kasalliklariga qarshi ko‘rashish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va aholini kimyoviy, biokimyoviy, biologik va mexanik vositalar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan «O‘simliklar klinika»lari tashkil etilgan. Ushbu klinikalar 2022-yilning 1-yanvariga qadar yer solig‘i, yuridik shaxslarning daromad va mol-mulk solig‘idan hamda yagona soliq to‘lovlaridan ozod etilgan
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter