Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasini tezlashtirishi kerak» – Mixail Mishustin

«O‘zbekiston atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasini tezlashtirishi kerak» – Mixail Mishustin

Samarqandga xizmat safari bilan kelgan Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekiston atom elektr stansiyasi qurilishi loyihasini tezlashtirishi kerak ekanligini aytib o‘tdi.

«Biz atom energetikasi sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashni muhim deb bilamiz. Yirik loyiha Rossiya tomonidan loyihalashtirilgan atom elektr stansiyasini birgalikda qurishdan iborat. Erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni tezlashtirish zarur», deydi Mixail Mishustin.

Rossiya Bosh vazirining aytishicha, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasida Rossiya birinchi o‘ringa chiqqan.

2022-yilning 10 oyi davomida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi yana 30,5 foizga o‘sdi va 7 milliard dollarga yaqinlashgan. Rossiyaning energetika sohasiga kiritgan sarmoyalarining umumiy hajmi 12 mlrdni tashkil etadi.

Shuningdek, oxirgi 5 yil ichida Rossiya kapitali ishtirokida 2,5 mingdan ortiq korxona tashkil etilgan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va oziq-ovqat mahsulotlarining tovar aylanmasi qariyb 40 foizga o‘sgan va 1,5 milliard dollarga yaqinlashgan.

«Rossiya kungaboqar yog‘i, qandolat mahsulotlari va bug‘doy eksportini ko‘paytirishga tayyor. Boshqa loyihalar bo‘yicha ham takliflar bor», – deydi Rossiya bosh vaziri.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring