Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan agrar sohada hamkorlikni kengaytirmoqchi

O‘zbekiston Afg‘oniston bilan agrar sohada hamkorlikni kengaytirmoqchi

Kecha, 15-avgust kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov amaliy va ishchi tashrif bilan Afg‘oniston Islom Amirligining Qobul shahrida bo‘ldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, vazir I.Abdurahmonov Afg‘oniston Qishloq xo‘jaligi, irrigatsiya va chorvachilik vaziri A.Umariy bilan uchrashdi.

Unda, O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida agrar va oziq-ovqat sohalarida hamkorlikni kengaytirish, yangi o‘sish nuqtalarini aniqlab, ikki davlat salohiyatini to‘liq ishga solish orqali o‘zaro oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va aholini daromadini oshirish masalalari, amaldagi loyihalar ijrosi muhokama qilindi.

Shuningdek, muloqot davomida O‘zbekiston hududida afg‘on za’faronini yetishtirish, O‘zbekiston tomonidan Afg‘onistonga tuproq tahlilini o‘tkazish bo‘yicha mobil (ko‘chma) laboratoriyasini beg‘araz taqdim qilish borasida bitimlar imzolashga kelishib olindi.

Bundan tashqari, kelgusida Afg‘onistonda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, davlatlar iqlim sharoitiga moslashgan yirik va mayda shoxli chorva mollarini o‘zaro ayirboshlash hamda O‘zbekistonda yaratilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining mahalliy navlarini Afg‘oniston hududida sinash va urug‘chiligini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishib olindi.

Muloqot davomida, ikki davlat o‘rtasida qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari savdo hajmini oshirishda eksport va importga ruxsat berilgan mahsulotlar ro‘yxatini kengaytirish borasida qilinayotgan ishlar yuqori baholandi. O‘zbekiston rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan yaqin qo‘shnichilik siyosati hamda Afg‘onistonga qilinayotgan e’tibor va ko‘magini e’tirof etdi.

Shu bilan birga, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tomonidan Afg‘onistonda mazkur sohada faoliyat yuritayotgan 10 nafar vazirlik xodimlari uchun qisqa muddatli onlayn trening tashkil etilgani hamda ushbu trening o‘z samarasini ko‘rsatishni boshlaganini ta’kidlab o‘tildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring