«O‘zbekenergo» murojaatlarni «Telegram»dan qabul qilishni boshladi
Elektr energiyasi bilan bog‘liq muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, takliflarni izchil o‘rganib, shu asosda tizimli ravishda chora-tadbirlar ko‘rib borish maqsadida «O‘zbekenergo» AJ Xalq bilan muloqot qilishni yanada osonlashtirdi. Endi fuqarolar o‘z murojaatlarini «Telegram» messenjeridagi «O‘zbekenergo» AJ bilan muloqot» kanali orqali yo‘llashlari mumkin. Bu haqda «Xabar.uz»ga «O‘zbekenergo» matbuot xizmati xabar qildi.
Yo‘llangan murojaatlar shaxsan jamiyat boshqaruvi raisi nazoratida o‘rganib chiqilib, batafsil javob qaytariladi va tez fursatlarda o‘z yechimini topadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter