«O‘zbekenergo» ish o‘rinlari yarmarkasini tashkil etdi
Bugun, 28 iyul kuni «O‘zbekenergo» AJ tarkibiga kiruvchi korxonalardagi mavjud ish o‘rinlarini malakali yoshlar bilan to‘ldirish hamda ularni mutaxassisligiga mos yo‘naltirish maqsadida oliy o‘quv yurtini tugatayotgan hamda o‘rta-maxsus mutaxassislikka ega bo‘lgan yoshlarni ishga qabul qilish borasida Respublika miqiyosida «O‘zbekenergo» AJ yoshlarni ishga taklif etadi» vakant ish o‘rinlari yarmarkasi tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda muassasa axborot xizmati xabar qildi.
«O‘zbekenergo» AJ Boshqaruv raisining tashabbusi bilan mustaqil hayot ostonasida turgan yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida tashkillashtirilgan mazkur yarmarkada «O‘zbekenergo» AJ tizimiga kiruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi korxona va tashkilotlar o‘zlarida mavjud bo‘lgan mingdan ortiq vakant ish joylari bilan qatnashishdilar. Korxonalar yoshlarga yaratilgan sharoitlar, bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish mexanizmlari va nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazishdi.
Yarmarkada nomzodlar shu yerning o‘zida ish beruvchilar tomonidan suhbatdan o‘tkazilib, ishga qabul qilishga tavsiya etiladi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tganlar barcha hujjatlarni taqdim etganlaridan so‘ng ma’lum muddatda ishga qabul qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot beriladi.
Ayni damda mazkur yarmarkada respublika bo‘yicha mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga 1500 dan ortiq nomzodlardan ariza kelib tushdi. Murojatlar tez kunda o‘rganilib mavjud barcha ish o‘rinlariga yosh mutaxassislar qabul qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter