Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek xonadonlarida 2010 yildan buyon konditsionerlar uch baravar ko‘paydi

O‘zbek xonadonlarida 2010 yildan buyon konditsionerlar uch baravar ko‘paydi

O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan konditsionerlar soni ma’lum qilindi. 

Ma’lum bo‘lishicha, ko‘rsatkichlar 2010-yildan buyon uch baravar oshgan. 

 Milliy statistika qo‘mitasining uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari dastlabki ma’lumotlariga asosan, 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasida 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha to‘g‘ri keladigan konditsionerlar soni 56 tani tashkil etdi. 

100 ta uy xo‘jaligiga to‘g‘ri keladigan konditsionerlar soni yillar kesimida quyidagicha: 

 2000-yil – 11 ta; 

2005-yil – 14 ta;

2010-yil – 19 ta;

2015-yil – 32 ta;

2020-yil – 40 ta;

2024-yil – 56 ta.

Avvalroq O‘zbekistonda yil boshidan buyon qancha egizak tug‘ilgani ma’lum bo‘lgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring