Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi – innovatsion taraqqiyot ko‘zgusida

O‘zbek tili va adabiyoti ta’limi  – innovatsion taraqqiyot ko‘zgusida

Bugun, 26 fevral kuni Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika institutida "Ona tili va adabiyot ta’limida integratsiya: sohadagi mavjud muammolar – innovatsion klaster istiqbollari" mavzusida ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Seminarda Respublika ta’lim markazi, Toshkent viloyati xalq ta’limi boshqarmasi hamda Chirchiq shahar xalq ta’limi bo‘limining  yetakchi mutaxassislari, viloyatimizdagi 22 tuman va shaharlardan 100 dan ortiq ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Yig‘ilganlar sohadagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari xususida fikr almashdilar.

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti olimlari, umumta’lim maktabi darslik mualliflari ham yosh avlod ongu shuuriga ona tili va adabiyot fanining muhim nazariy va amaliy jihatlarini singdirish bo‘yicha qimmatli fikrlar bildirdilar.

Ilmiy-amaliy seminar yakunida, ona tili va adabiyot fanini o‘qitishdagi muammolarni bartaraf etishga ko‘maklashish, ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan takliflar ijrosini ta’minlash, yetakchi muassasalar bilan muntazam hamkorlik qilish va shu kabi bir qator muammolarni oldini olish  maqsadida Muvofiqlashtiruvchi Kengash tuzildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring