Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbek-Qozoq chegarasidagi bedodlik (video)

O‘zbek-Qozoq chegarasidagi bedodlik (video)

Skrin: «ktk.kz»

Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasida yuk mashinalarining olti kilometrlik tirbandligi yuzaga keldi. Bu haqda KTK telekanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Turkiston viloyatidagi Bauirjan Konisbayev nomidagi bojxona postidan o‘tish uchun haydovchilar kunlab kutishmoqda. Haydovchilarning so‘zlariga ko‘ra, navbatsiz o‘tayotganlar ham bor.

«Navbatsiz o‘tayotganlar 300-400 dollardan berishmoqda. Agar bu pulni bermasang, uch-to‘rt kun kutasan. Agar navbat bilan borgan taqdiringda ham, baribir 100 dollardan so‘rashmoqda. Misol uchun, menda 8 tonna yuk bor, menga esa: «agar pul bermasang, me’yoridan 2 tonna ko‘p yuk ortilgan deb yozaman, jarima to‘laysan» deyishdi. Bu holat Qozog‘istonda, O‘zbekistonda bunaqasi yo‘q», – deydi G‘ulom ismli haydovchi.

Aytilishicha, haydovchilar qiyin sharoitlarda bir necha kunlab tunashlariga to‘g‘ri kelmoqda. Ayniqsa, tez buziladigan mahsulot ortilgan yuk egalari ko‘proq aziyat chekishmoqda. Shuncha qiyinchiliklardan tashqari, yana qo‘shimcha pul talab etilayotgani haydovchilarni g‘azabini oshirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring